23:36 / 06.10.2018
47940
Tomdan sakrab basseyn o‘rniga yerga qulagan erkak internet yulduziga aylandi

Amerikalik reper Snoop Dogg o‘zining Instagram sahifasida bir erkakning basseynga omadsiz sakrashi videosini joylashtirdi.

Qo‘shiqchining sahifasida joylashtirilgan videoni bir zumda 5 millionga yaqin foydalanuvchi tomosha qildi va 40 mingdan ortiq izoh qoldirdi.

Ma'lum bo‘lishicha, voqea 29 sentabr kuni Sochida sodir bo‘lgan. Dam olib o‘tirgan bir guruh kishilar orasidan bir erkak chiqib tomdan basseynga sakrashini aytgan.

Do‘stlari uni bu fikridan qaytarishga uringan, ammo u sakrashga qaror qilgan. Bechora erkak rejalashtirganidek boshi bilan suvga emas, yerga tushgan. Baxtiga, u tirik qolgan.

Hozirda 41 yoshli jabrlanuvchi kasalxonada. Unga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by snoopdogg (@snoopdogg) on

 

Mavzuga oid
Top