15:10 / 07.10.2018
2728

Hemilton Yaponiya Gran-prisida g‘olib bo‘ldi

Foto: Twitter/F1

"Mersedes"ning britaniyalik piloti Lyuis Hemilton "Sudzuka" trassasida o‘tkazilgan "Formula-1" 17-bosqichi – Gran-pri Yaponiyada g‘olib bo‘ldi. 

Ikkinchi o‘rinni "Mersedes"ning yana bir poygachisi Valtteri Bottas (+12,919 soniya) egallagan bo‘lsa, uchinchi bo‘lib finish chizig‘ini "Red Bull" a'zosi Maks Ferstappen (14,295) kesib o‘tdi. 

Shuningdek, ilk o‘ntalikka quyidagi sportchilar kirdi: 

4. Deniyel Rikkyardo ("Red Bull", +19,495),
5. Kimi Raykkonen ("Ferrari", +50,998),
6. Sebastyan Fettel ("Ferrari", +1.09,873),
7. Serxio Peres ("Fors Hindiston", +1.19,379),
8. Romen Grojan ("Xaas", +1.27,198),
9. Esteban Okon ("Fors Hindiston", +1.28,055),
10. Kichik Karlos Sayns ("Reno", +1 aylana)

Keyingi bosqich 19-21 oktabrda AQShDa bo‘lib o‘tadi. 

Mavzuga oid
Top