12:43 / 08.10.2018
20181
O‘zbekistonda jigar ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha yana bir operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi

Bugungi kunda akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida transplantatsiya jarrohligi kabi murakkab operatsiyalar muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda.

22 sentabr kuni Hindistonning Yashoda Hospitals shifoxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda ana shunday operatsiyalardan biri o‘tkazildi. 

Foto: Facebook

Jigar sirrozi tashxisi bilan yotqizilgan farg‘onalik 34 yoshli bemorga 29 yoshli ukasining jigari ko‘chirib o‘tkazildi. 

Foto: Facebook
Foto: Facebook

Markazning xabar qilishicha, bundan avval ham ana shunday jigar transplantatsiyasi operatsiyasi amalga oshirilgan bo‘lib, bemor va donorlarning holati qoniqarli deb baholangan.

Top