02:26 / 08.10.2018
11493

Liga 1. "PSJ" "Lion" darvozasiga javobsiz 5ta gol urdi. Mbappedan poker

Foto: Getty Images

Fransiya chempionati 9-turining markaziy o‘yinida "PSJ" o‘z maydonida "Lion"ni qabul qildi. 

"Park de Prens"da kechgan uchrashuv maydon egalarining 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

9-daqiqada Neymar penaltidan unumli foydalanib hisobni ochgan bo‘lsa, qolgan 4ta gol Mbappe tomonidan kiritildi. 

"Monako" esa o‘z maydonida "Renn"ni qabul qilib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mezbonlar safida Falkao gol urgan bo‘lsa, mehmonlar safida Da Silva hamda Ben-Arfa o‘z hisobiga bittadan gol yozib qo‘ydi. 

PSJ – Lion 5:0 (1:0, 4:0)

Gollar: 1:0 – 9, penalti Neymar, 2:0 – 61 Mbappe, 3:0 – 66 Mbappe, 4:0 – 69 Mbappe, 5:0 – 74 Mbappe.
PSJ – Buffon, Tiago Silva, Markinos, Bernat, Kimpembe, Di Mariya (Diabi, 83), Verratti (Draksler, 75), Mene, Neymar, Kavani (Kerer, 40), Mbappe.
Lion – Antoni Lopesh, Denayyer, Mendi, Rafael (Dyubua, 41), Morel, Traore, Tuzar, Depay, Auar, Fekir (Korne, 7; Diop, 78), Ndombele.
Ogohlantirishlar: Tuzar (26), Neymar (38), Verratti (44), Auar (59), Morel (64).
Chetlatishlar: Kimpembe (32), Tuzar (45).

Monako – Renn 1:2 (0:1, 1:1)

Gollar: 0:1 – 14 Da Silva, 1:1 – 49 Falkao, 1:2 – 77 Ben-Arfa.
Monako – Subashich, Jyemerson, Glik, Xenrixs, Sidibe, Golovin, Axolu (Shadli, 46), Silla (Yovetich, 78), Tilemans, Raji, Falkao.
Renn – Diallo, Mesher, Bensebayni, Traore, Da Silva, Ben-Arfa, Andre, Sarr (Yuxansson, 82), Grene, Del Kastiyo (Burigo, 63), Zeffan (Nyang, 63).
Ogohlantirishlar: Jyemerson (60), Tilemans (65), Da Silva (66), Glik (75), Golovin (79), Sidibe (85).
Chetlatish: Raji (45).

Bordo – Nant 3:0 (3:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 5 Karamo, 2:0 – 7 Kamano, 3:0 – 42, penalti Kamano.

Marsel – Kan 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 36 Mitroglu, 2:0 – 45 Toven.

Top