8455.37 USD +4.00

9554.57 EUR +77.20

131.53 RUB +2.16

11060.5 GBP +43.26

20:00 / 09.10.2018 10907

Nikki Xeyli iste'foga chiqdi

AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli o‘z lavozimini tark etdi. Donald Tramp uning iste'fosini qabul qilganini ma'lum qilgan.

«U menga 6 oy oldin dam olish haqida o‘ylayotganini aytgandi», degan Tramp.

Reuters agentligi xabarida qayd etilishicha, Tramp Xeylini qadrlaydi va uning qaytishiga umid bildiradi. 

Axios nashrining yozishicha esa Xeylining ketishi Tramp ma'muriyati uchun syurpriz bo‘ldi.

Hozircha Xeylining o‘rnini kim egallashi ma'lum emas.

Xeyli xonim 2017 yilning yanvaridan buyon ushbu lavozimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Saylovoldi kampaniyasi vaqtida u Trampning tarafdori emasligini aytgan, praymeriz vaqtida avvaliga Marko Rubioni, keyin Ted Kruzni qo‘llab-quvvatlagandi.

Asli kelib chiqishiga ko‘ra Hindistondan bo‘lgan (sikh muhojirlariga mansub) Xeyli 2010 yilda Janubiy Karolina shtati gubernatorligiga saylangan va AQShdagi eng yosh gubernatorga aylangandi.

Top