16:12 / 10.10.2018
5504

AQShning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga nomzodlar ma'lum qilindi

Nikki Xeyli/Foto: AP/Richard Drew

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi sobiq o‘rinbosari Dina Pauell, Qo‘shma Shtatlar prezidentining qizi Ivanka Tramp va sobiq senator hamda demokrat Jo Liberman, Nikki Xeyli iste'fosidan so‘ng, AQShning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritildi. Bunday o‘ziga xos ro‘yxat CBS News telekanali tomonidan tuzilgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp seshanba kuni Qo‘shma Shtatlarning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli o‘rnini egallash uchun besh nafar nomzod borligi haqida aytib o‘tdi, deb yozadi The Hill.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi sobiq o‘rinbosari Dina Pauell ham bu qisqa ro‘yxatda bor.

CBS News’ning ta'kidlashicha, Xeylining AQSh tashqi siyosatiga ta'siri Tramp muddatining birinchi yarim yili davomida kuchli bo‘ldi. Uning ta'sir doirasida AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo va Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Jon Bolton o‘z lavozimiga kirishganidan so‘ng zaiflashdi, deya qo‘shimcha qiladi telekanal.

Biroq, avvalroq Ivanka Tramp Nikki Xeylidan keyin BMTdagi doimiy vakili lavozimini egallamoqchi emasligi haqida ma'lum qildi.

Muqaddam AQSh demokratik partiyasi a'zosi bo‘lgan, Konnektikut shtatidan senator Jo Libermanning nomzodi bu pozitsiya uchun mos kelmaydi, deya qo‘shimcha qiladi CBS telekanali. Biroq, Tramp Liberman nomzodini ko‘rib chiqayotgan bo‘lishi mumkin, sababi u xalqaro siyosatda muammolarga yechim topish va xavfsizlik sohasida AQSh prezidentining «Isroilga yaqin yondashuvini» qo‘llab-quvvatlashga moyil.

Dina Pauell prezident ma'muriyatida bir yildan kamroq vaqt ishladi, biroq Yaqin Sharq siyosatini ishlab chiqishda, ayniqsa, Saudiya Arabistoni bilan nisbatan do‘stona munosabatlar o‘rnatish hal qiluvchi rol o‘ynadi, deyiladi materialda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli o‘z lavozimini tark etgani, Donald Tramp uning iste'fosini qabul qilganini ma'lum qilgani xabar berilgandi.

Top