12:45 / 10.10.2018
26061

Buxoroda yollanib ishlovchi ayol yetkazilgan jarohat oqibatida vafot etdi

Buxoro viloyatining Kogon shahrida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ma'lum bo‘lishicha, 2018 yil 9 oktabr kuni Qorovulbozor tumanida yashovchi K.A. mast holda tanishi D.R. (ayol)ning uyida o‘zaro janjal sabab shu uyda yollanib ishlovchi N.V. (ayol) badanining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan. 

Ro‘y bergan hodisa oqibatida N.V. kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. K.A. qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Top