08:09 / 10.10.2018
9553

Hindiston tashqi ishlar vaziri ayol jurnalistlarga tegajog‘lik qilishda ayblanmoqda

Foto: Sonu Mehta/Getty Images

Bir necha ayol jurnalistlar Hindiston tashqi ishlar vaziri Javod Akbarni tegajog‘lik qilishda ayblashmoqda. Bu haqda NDTV telekanali ma'lum qildi.  

Jumladan, jurnalist Priya Ramanining so‘zlab berishicha, u bir yil avval Akbardan intervyu olmoqchi bo‘lgan. Akbar bunga javoban jurnalistni Mumbaydagi mehmonxona xonasiga taklif qilgan, intervyu vaqtida esa ayolga spirtli ichimlik ichishni va yoniga o‘tirishni taklif qilgan.

Yana bir jurnalist Shuma Raxaning aytishicha, u ham Akbar bilan shunday holatga Kalkutta mehmonxonasida tushgan.

Ta'kidlanishicha, Akbarga qarshi ayblovlar nomusga tegishlarni qoralovchi #MeToo harakati doirasida bildirilgan.

Ayni vaqtda tashrif bilan Nigeriyada bo‘lgan vazirning o‘zi hozircha bu ayblovlarga javob bermagan.

Top