15:46 / 10.10.2018
9324
Reklama

SAFO NUR qurilmasi - shifokorlar va bemorlar xavfsizligi uchun viruslar inaktivatsiyasi

Zarar yetkazmaslik – bu shifokorning asosiy vazifasi. Buni u nafaqat hozir va shu yerda bajaradigan harakatlari, balki keyinroq yuzaga chiqadigan oqibatlari bilan ham isbotlashi kerak.

Shifokorning xatti-harakatlari inson salomatligiga qanday ehtimoliy zarar yetkazishi mumkinligi, bemorni samarali davolaydigan dorilari mavjud bo‘lmagan kasalliklarning viruslaridan himoya qilish mas'uliyati hamda viruslar yuqishining oldini olish usullari haqida tibbiy asboblarda viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar va endosporalarni inaktivlashtiruvchi qurilma muallifi, tibbiyot fanlari doktori, professor Narimon G‘ulomovich G‘ulomov so‘zlab berdi.

«Stomatolog, ginekolog, kosmetolog, manikyur va pedikyur ustasiga qilinadigan har bir tashrif shifokor yoki ustaning asboblari,albatta, inson qoniga tegishini ko‘zda tutadi. Stomatolog qabulida ham bu narsa mavjud, manikyur paytida esa tasodifiy kesilib ketishlardan hech kim kafolatlanmagan.

Statistika ma'lumotlariga ko‘ra, odamlarning OIV virusi, V va S gepatitlarini yuqtirishi, infeksiyaga chalinganlar umumiy sonining 3-11% holatida, jarrohlik, stomatologik, oftalmologik, laringologik, ginekologik va boshqa ko‘plab aralashuvlar paytida ko‘p marta qo‘llanadigan tibbiy asboblar orqali yuz beradi. Ha, infeksiyani yuqtirish xavfi yuqori, ammo bemorlarning aynan klinikalarda yuqtirganligi faktini isbotlab bo‘lmaydi.

Xo‘sh, bemorning OIV, V va S gepatiti viruslarini ehtimoliy yuqtirishining oldini oluvchi ko‘zga ko‘rinmaydigan sterillik va xavfsizlik kafolatini anglatadigan tibbiy asboblar tozaligi uchun kim javobgar hisoblanadi?

Faqat shifokorning o‘zi. Asboblarni mavjud protokolga muvofiq sterillash yoki nafaqat bemorlarni, balki o‘zini ham infeksiya yuqtirish xavfiga duchor qilish – bu ularning tanlovidir. JSST ma'lumotlariga ko‘ra, tibbiy xodimlar va go‘zallik salonlari xodimlarining zararlangan asboblar orqali infeksiya yuqtirish xavfi juda yuqori. 

Yuqori haroratlar va kislotalar ta'siri ostida sterillashning turli usullari tibbiy asboblarni zararsizlantirishning ishonchli metodlari hisoblanadi, biroq ular asboblarning asosiy xususiyatlari bo‘lgan qattiqlik, taranglik, tiniqlik va boshqa xossalari yo‘qolishiga olib keladi. Kompozit materiallar, turli qotishmalar, shisha, plastik massadan tayyorlangan termolabil asboblarni esa yuqori haroratda va kislotalar ta'siri ostida sterillash mutlaqo mumkin emas. Oqibatda, asboblarga nisbatan bunday “tejamkorlik” tufayli tibbiy xodimlar ko‘p hollarda O‘zR SanQvaNda belgilangan normalarga zid ravishda to‘g‘ri kelmaydigan tozalash usullarini qo‘llaydi. Natijada asboblarda replikatsiyaga, ya'ni organizm hujayralariga kirib olish va ko‘payishga qodir bo‘lgan virus zarralari saqlanib qoladi.  

NEW MEDICAL TECHNOLOGIES kompaniyasida tibbiy asboblardagi viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar va endosporalarni inaktivlashtirish uchun mo‘ljallangan SAFO NUR qurilmasi yaratildi. U quyidagi tarzda ishlaydi: asboblar tibbiyotda azaldan qo‘llanadigan metilen ko‘k – neytral modda eritmasiga solinadi. Eritma to‘lqinining uzunligi 590 nanometr bo‘lgan monoxromatik nurlanish yordamida fotoaktivatsiyaga duchor qilinadi va u RNK va DNK viruslari molekulalarida ikkita nuklein kislotasini blokirovka qiladi. Viruslar tsitopatogenlik, ya'ni hujayralarni zararlash xususiyatini va replikativ faollikni, ya'ni ko‘payish xususiyatini yo‘qotadi.

 

Qurilmada asboblarni ishchi xarakteristikalarini yo‘qotmasdan to‘liq zararsizlantirishni ta'minlovchi kimyoviy (“sovuq”) sterillash metodi qo‘llanadi. Qurilma O‘zbekistonning ko‘pgina tibbiy muassasalarida – davlat, xususiy statsionar klinikalarda, poliklinikalarda, turli profil va darajadagi kabinetlarda, go‘zallik salonlari va kosmetologiya kabinetlarida samarali qo‘llanib kelinmoqda.

Biz Qurilmaning rentabelligini hamda undan tibbiy muassasalarda optimal foydalanish imkoniyatini namoyish qiluvchi dalillarni keltirdik.

  • Qurilmada sterillovchi agent-fotosensibilizatordan foydalangan holda sterillashning kimyoviy “sovuq” usuli (inaktivlashtirish jarayoni xona haroratida amalga oshiriladi) qo‘llanadi.
  • Viruslar va bakteriyalar,endosporalar va zamburug‘lar ishonchli tarzda inaktivlashtiriladi.
  • Qo‘shimcha mexanik tozalashni talab qiluvchi formaldegid bug‘larining ta'siri yo‘q.
  • Xodimlarning maxsus tayyorgarligi va maxsus jihozlangan xona talab qilinmaydi.
  • Intuitiv boshqarish, oddiy va xavfsiz foydalanish usuli, hamyonbop narx.
  • Sarf materiali — metilen ko‘k moddasi — hamyonbop narxdagi zararsiz modda.
  • Zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan asboblar o‘zining o‘tkirligi va mustahkamligini yo‘qotmaydi, ularning xizmat muddati uzayadi. Ingichka ninalar, oynalar hamda kompozit materiallar, turli qotishmalar, shisha va plastik massadan tayyorlangan asboblarni ham sterillash mumkin».

Tibbiy asboblardagi viruslarni inaktivlashtiruvchi qurilma analogi jahonda mavjud emas. Qurilmaga 23.05.2014 yilda IAP05259 raqamli Patent olingan. Qurilma qanday ishlashi haqidagi tafsilotlarni nmt.uz saytida olishingiz mumkin.

Bizga qo‘ng‘iroq qiling: + 998 90 351 20 90.

Reklama huquqi asosida

Top