18:36 / 10.10.2018
6645

Shimoliy Koreya moliyaviy razvedkasi o‘z saytini ishga tushirdi

Foto: RIA Novosti / Ilya Pitalev

Shimoliy Koreya moliyaviy razvedkasi Internetda Pxenyanning pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash choralari haqida ma'lumot beruvchi veb-sayt yaratdi.

Koreys va ingliz tillaridagi KXDR Moliyaviy razvedka boshqarmasi (FIA) veb-sayti turli tushuntirishlar, o‘zi haqida ma'lumotlar va pul yuvish hamda terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunlarni e'lon qilib boradi. Ushbu qonun joriy yilning 19 mart kuni maxsus huquqiy akt bilan qonuniy kuchga kirdi.

Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar muqaddam Pxenyanga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar fonida KXDRni pul yuvish va terrorizmni moliyalashda ayblagandi. Shimoliy Koreya ushbu ayblovlarni rad etadi.

«Pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash KXDRning muhim siyosatidir», - deya ta'kidlaydi mamlakat Moliyaviy razvedka boshqarmasining sayti.

Ushbu xizmat davlatning muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasiga yaqin faoliyat yuritadi va amaldagi qonunlarga muvofiq «mustaqil» razvedka faoliyati bilan shug‘ullanadi.

2014 yilda tashkil etilgan xizmat katta miqdordagi shubhali bitimlar bo‘yicha ma'lumotlarni to‘playdi va tahlil qiladi hamda uni KXDRning moliyaviy, ma'muriy va huquqni muhofaza qilish tashkilotlariga beradi. Ofis, shuningdek, KXDR tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalar asosida ushbu sohadagi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen In bilan qachon uchrashishini aytgandi.

Mavzuga oid
Top