15:48 / 11.10.2018
5887

Chilonzor tumanida tanishini talagan talonchi qo‘lga olindi

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, 2018 yil 10 oktabr kuni Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida yashovchi B.A. TXAY ko‘chasida tanishi M.N.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, qo‘lidan ichida 6 mln. 600 ming so‘m puli va “Nokiya” mobil telefoni bo‘lgan sumkasini tortib olib ketgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida B.A. ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top