16:50 / 11.10.2018
5411

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz onaga viloyat FVB yordam ko‘rsatdi

Foto: Xalq bilan muloqot

Ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o‘rganish tadbirlari davomida yana bir ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning xonadoni ta'mirlab berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining 2018 yil 15 avgustdagi 04-2001-sonli topshirig‘i asosida shaklantirilgan Respublika ishchi guruhi tomonidan uyma-uy yurish jarayonida aniqlangan Namangan viloyati, Navbahor tumani, “Paxtakor” mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, yolg‘iz ona Zamira Hamroyevaning qurilishi chala qolgan xonadoni Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan hashar yo‘li bilan ta'mirlab berildi.

Xonadonda yashash sharoiti mavjud bo‘lmaganligi sababli Z.Hamroyeva yolg‘iz farzandi bilan 7 yildan buyon ijarada yashab kelgan va uyini ta'mirlashda tegishli tashkilotlarga yordam so‘rab qilgan murojaatlari esa e'tibordan chetda qolib kelgan. Jami 6 sotixga ega ushbu xonadon, 14 kunlik qisqa muddatda to‘liq ta'mirlanib, uyning tom qismi shifer qilindi, atrofi devor bilan o‘raldi va zamonaviy eshik-deraza hamda darvoza o‘rnatildi. 

Bundan tashqari, Z.Hamroyevaning xonadoni tabiiy gaz va elektr energiyasiga ulandi. Issiqxona qurish uchun joy ham tayyorlandi, obodonlashtirish ishlari to‘liq yakuniga yetkazildi.

Foto: Xalq bilan muloqot
Foto: Xalq bilan muloqot
Foto: Xalq bilan muloqot
Foto: Xalq bilan muloqot
Foto: Xalq bilan muloqot
Foto: Xalq bilan muloqot
Foto: Xalq bilan muloqot
Foto: Xalq bilan muloqot
Foto: Xalq bilan muloqot
Foto: Xalq bilan muloqot
Foto: Xalq bilan muloqot

 

Top