23:25 / 11.10.2018
7204

«Neftchi» Farg‘ona vodiysi kubogini boy berdi

Farg‘onaning «Neftchi» klubi Qirg‘izistonning O‘sh shahrida o‘tkazilgan «Farg‘ona vodiysi kubogi»da 2-o‘rinni egalladi.

So‘nggi turda O‘shning «Oloy» klubi Botken viloyati terma jamoasini 9:0 hisobida mag‘lub etdi. «Neftchi» esa Tojikistonning «Xo‘jand» klubi darvozasiga javobsiz uchta to‘p yo‘lladi. Gollarga Xurshid Asqaraliyev, Jamshid Qobulov va Anvar Berdiyev mualliflik qilishdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, «Neftchi» va «Oloy» klublari 7 ochko to‘plashdi. To‘plar nisbatiga ko‘ra, O‘sh shahri klubi turnir g‘olibi bo‘ldi. «Neftchi» 2-o‘rinni, «Xo‘jand» 3-o‘rinni, Botken viloyati terma jamoasi so‘nggi o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona vodiysi kubogi ilk marotaba tashkil qilingan edi.

Top