16:40 / 11.10.2018
5236

Niderlandiya GRU kiberhujumlari uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarni talab qilmoqda

Foto: EPA

Niderlandiya tashqi ishlar vaziri Stef Blokning ma'lum qilishicha, mamlakat GRU tomonidan sodir etilgan kiberhujumlar tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalar cheklovi ustida ishlamoqda. Bu haqda De Telegraaf yozyapti.

Ta'kidlanishicha, D66 va CDA partiyalari mamlakat hukumati rossiyalik josuslarga qarshi choralarni zudlik bilan qabul qilishini istamoqda.

«Biz hududimizda ro‘y bergan bunday shafqatsiz va tajovuzkor hujumdan keyin biz bu to‘rt kishi Rimga diplomatik pasportlar bilan borib, shu ishni yana qilishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz», - deya ma'lum qilishdi D66 partiyasidan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml rossiyalik zobitlarning kiberjinoyatlariga munosabat bildirgandi.

Mavzuga oid
Top