8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

21:23 / 11.10.2018 60752

Reyting: Yashash va ishlash uchun eng yaxshi mamlakatlar

Expat Explorer'ning 2018 yilgi so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra, Singapur ekspatlar uchun eng yaxshi mamlakat sifatida e'tirof etildi. Bloomberg shu haqida xabar berdi. 

Foto: Bloomberg

Undan keyingi o‘rinda Yangi Zelandiya kelgan, uchinchi pog‘onani Germaniya egallagan. Shuningdek beshlikdan Kanada va Bahrayn o‘rin olgan. Ta'kidlanishicha, reyting tuzishda nafaqat daromadlar darajasi, balki turmush sifati ham hisobga olingan. Bu ko‘rsatkichlarga ko‘ra esa davlat-shahar (Singapur) to‘rtinchi marta ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda. 

Agentlik shuningdek ekspatlarga eng yuqori ish haqi to‘lovchi mamlakatlar ro‘yxatini ham keltiradi. Birinchi o‘rinda Shveytsariya nomi qayd etilgan - yiliga 202 ming dollar. Undan keyingi o‘rinlarda 185,1 ming dollar bilan AQSh, 178,7 ming dollar bilan Honkong va 172,7 ming dollar bilan Xitoy mamlakatlari nomlari keltirilgan. 

Bundan tashqari, so‘rovnoma ishtirokchilarining 45 foizi o‘z vatanidagi ish haqiga nisbatan ancha yuqori maosh ola boshlashganini ta'kidlagan.

Top