8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

14:49 / 11.10.2018 13842

O‘zbekiston Oltoy yog‘ochining yirik importchisiga aylandi

Foto: Dmitriy Azarov / Kommersant'

2018 yilning 8 oyi mobaynida Oltoy o‘lkasi va Oltoy Respublikasi jami og‘irligi 260,9 ming tonna bo‘lgan 420 ming kub metr yog‘ochni 62,3 million dollarga teng eksport qildi, deya xabar beradi «Eksporteri Rossii».

Oltoy bojxonasi ma'lumotlariga ko‘ra, yog‘ochlarning aksariyati Xitoyga (38,9%), Afg‘onistonga (30%) va O‘zbekistonga (28,5%) yetkazib berilgan. Ushbu mamlakatlar eksport qiymati hajmining 97,5 foizini tashkil qilgan.

Qayta ishlangan yog‘ochning yetkazib berilgan hajmi - 410,5 ming kubometr, 61,3 mln. AQSh dollari. 

2018 yilning 8 oyida Oltoy o‘lkasi va Oltoy Respublikasini nazorat qiluvchi Oltoy bojxonasida yog‘ochga eksport qilish uchun 3488 deklaratsiya rasmiylashtirilgan, bu 2017 yilga nisbatan 12 foizga ko‘pdir. 

Top