20:56 / 12.10.2018
5554

AQShda “Maykl” dovuli oqibatida 12 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Foto: Carlo Allegri/Reuters

AQShda “Maykl” dovulidan halok bo‘lganlar soni 12 nafarga yetdi. Ta'kidlanishicha, qurbonlar Florida, Jorjiya, Shimoliy Karolina va Virjiniya shtatlarida bo‘lgan. AQSh favqulodda vaziyatlar federal agentligi rahbari Brok Long halok bo‘lganlar soni oshishi mumkinligini aytgan.

Dovul AQSh janubi-sharqiy sohiliga 10 oktabrda yopirilgan. Shamol tezligi 250 km/soatgacha yetgan. 11 oktabrda dovul birinchi toifadagi dovulgacha kuchsizlangani, biroq uning oqibatida yomg‘irlar boshlangani ma'lum qilingan. Ta'kidlanishicha, yomg‘irlar odamlar hayotiga xavf solishi mumkin bo‘lgan toshqinlarga olib kelishi mumkin.

Top