17:14 / 12.10.2018
17084

Xizmatdagi YPX inspektorini “Damas” urib ketdi

Illyustrativ foto

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, 11 oktabr kuni Angor tumanida yashovchi F.K. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasini R.Soatova ko‘chasida haydab ketayotib, shu ko‘chada xizmat olib borayotgan yo‘l-patrul xizmati inspektori safdor Ya.M.ni urib yuborgan.

Natijada yo‘l-patrul xizmati inspektori safdor Ya.M. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. 

Surishtiruvni prokuratura olib bormoqda.

Top