17:16 / 12.10.2018
10420

Toshkent xalqaro aeroportida qo‘l telefonlarini noqonuniy olib kirishga uringan shaxslar  to‘xtatib qolindi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan “Toshkent” xalqaro aeroporti orqali tovar moddiy boyliklarini noqonuniy olib o‘tish holatlarining oldini olish hamda aniqlash borasida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
 
Jumladan, “Seul-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqarolar Z.R., X.K., G.Q. va H.K.lar bojxona qonunbuzilish holatini sodir etishdi. Ularning qo‘l yuki va bagajlari bojxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, qonunbuzarlarning qo‘l yuki va bagajlarida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, bojxona nazoratidan yashirilgan turli xildagi uyali aloqa vositalari, xususan, Z.R.da 33 dona, X.K.da 58 dona, G.Q.da 98 dona va X.K.da 28 donadan qo‘l telefonlari  borligi aniqlanib, jami 217 dona uyali aloqa vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qolindi.     

Hozirda mazkur holat bo‘yicha dastlabki tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top