8389.97 USD +11.93

9491.57 EUR +3.44

129.72 RUB +0.63

11082.3 GBP -51.27

12:56 / 12.10.2018 4284

Toshkentda MDHga a'zo davlat Mudofaa vazirlari kengashi yig‘ilishi boshlandi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston xalqaro forumlar saroyida MDHga a'zo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Unda Rossiya Federatsiyasi, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston respublikalarining mudofaa idoralari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Yig‘ilish davomida Markaziy Osiyodagi vaziyat, xalqaro terrorizmga qarshi kurashish yo‘lidagi ustuvor vazifalar, Hamdo‘stlikka a'zo mamlakatlar o‘rtasida harbiy hamkorlikni rivojlantirish, radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyatni baholash hamda nazorat qilishda Birlashgan tizimning istiqbollari muhokama qilinadi hamda bir qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdusalom Azizov va Sergey Shoygu nimalar haqida kelishib olgani ma'lum bo‘lgandi

 

Top