23:03 / 14.10.2018
10491

Hindistonlik politsiyachilarga sayyohlarga keng tabassum qilish taqiqlab qo‘yildi

Foto: AFP/ MANAN VATSYAYANA

Hindistonda aeroportlarda navbatchilik qiluvchi politsiya xodimlariga sayyohlarga keng tabassum qilish taqiqlab qo‘yildi. Tegishli ko‘rsatmani mamlakatning xavfsizlik masalalari bo‘yicha markaziy xizmati bergan.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, oxirgi vaqtda Hindiston hukumati politsiyachilarning sayyohlarga nisbatan haddan ziyod do‘stona munosabatidan xavotirlana boshlagan. Ularning fikricha, shu sababli ehtimoliy terrorchilar mamlakatdagi xavfsizlik darajasini past hisoblab, hujumlar sodir etishi mumkin. Politsiyachilarga sayyohlarga “me'yorida” tabassum qilish buyurilgan.

Ta'kidlanishicha, Hindiston hukumati politsiyachilarga birinchi marta bunday antiqa talab qo‘ymayapti. Joriy yozda Karnataka shtati politsiya boshqarmasi zobitlardan ortiqcha vaznni tashlashni talab qilgan, aks holda ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilgan. 2004 yilda esa boshqa bir shtatda mo‘ylov qo‘ygan politsiyachilar qo‘shimcha haq ola boshlashgan: rahbariyatning fikricha, fuqarolar mo‘ylovli politsiyachilarga katta hurmat bilan qaraydilar.

Top