18:20 / 14.10.2018
8858

Tramp Pentagon rahbari iste'foga chiqishi mumkinligi haqida gapirdi

Foto: Evan Vucci/AP

AQSh prezidenti Donald Trampning hisoblashicha, Qo‘shma shtatlar Mudofaa vaziri Jyeyms Mettis iste'foga chiqishi mumkin. Bu haqda Amerikaning CBS telekanali xabar tarqatgan.

Xabar qilinishicha, muxbir Trampdan Pentagon rahbarining iste'fo ehtimoli haqida so‘ragan. Prezident bunday ehtimolni istisno etmagan.

«Men bilmayman... U bu haqda menga indamagan. Bizning munosabatlarimiz yaxshi, ikki kun muqaddam birga tushlik qilgandik. Ammo, u ketishi ham mumkin», — degan Tramp.

Amerikaliklar rahbari Mettis demokrat ekani, muxolif qarashlarni qo‘llab-quvvatlashini qayd etib o‘tgan.

«U ketishi mumkin. Hamma ham qachondir ketadi. Hamma. Odamlar ketaveradi va boshqalari keladi. Buni Vashington deydilar», — deya qo‘shimcha qilgan Tramp.

Mavzuga oid
Top