16:13 / 15.10.2018
26437
Qoraqalpog‘istonda «Neksiya» traktor tirkamasiga borib urildi, 2 kishi halok bo‘ldi
Illyustrativ foto

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay tumanida 2018 yil 14 oktabr kuni Qonliko‘l tumanida yashagan Q.D. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinani “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau” yo‘lining 829-km.da haydab ketayotib, shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan U.G. boshqaruvidagi “MTZ-80” rusumli traktori tirkamasining orqa qismiga urilib to‘qnashuv sodir etgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ro‘y bergan voqea natijasida “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi va uning yo‘lovchisi jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Yana 4 nafar yo‘lovchi esa jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. 

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top