8395.15 USD -6.38

9510.03 EUR -113.08

127.67 RUB -0.68

10869.2 GBP -122.52

10:50 / 15.10.2018 39563

Toshkent viloyati prokurori ishdan ketdi. U viloyatning keyingi 1 yil ichidagi to‘rtinchi prokurori edi

Toshkent viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi Shavkat To‘raqulovich Rahmatov lavozimini tark etgan. «Kun.uz» manbasi ma'lum qilishicha, u o‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shash haqida ariza yozgan.

Shavkat Rahmatov shu yilning iyulida Toshkent viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. U 2018 yilning yanvaridan viloyat prokurori sifatida ishlab, iyul oyida Surxondaryo viloyati hokimi etib tayinlangan Bahodir Baxtiyorovich Po‘latov o‘rnini egallagandi. U bungacha Po‘latovning o‘rinbosari sifatida ishlagandi.

Foto: Bosh prokuratura

Hozircha Toshkent viloyatining yangi prokurori kim bo‘lgani ma'lum emas.

Qayd etish kerakki, Rahmatov keyingi 12 oy ichida Toshkent viloyatining to‘rtinchi prokurori bo‘lgandi. 

2017 yilning oktabr oyi oxirida paxta terimi mavsumida hosil qo‘shib yozishga yo‘l qo‘ygani uchun Toshkent viloyati hokimi Shukrullo Boboyev bilan birga viloyat prokurori Jamshid Fayziyev ishdan bo‘shatilgandi. Keyinchalik sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovga qarshi jinoiy ish doirasida Jamshid Fayziyev ham qo‘lga olindi.

Uning o‘rniga tayinlangan Ulug‘bek Jalilovich Sunnatov esa 2018 yilning yanvarigacha ishladi. 2014-2017 yillarda Respublika prokuroriga o‘rinbosar sifatida ishlagan Ulug‘bek Sunnatov ham fevral oyi oxirida Qodirov ishi doirasida qo‘lga olingan.

Top