00:35 / 16.10.2018
4952

AQSh kompaniyalari Saudiya Arabistonidagi iqtisodiy forumda ishtirok etishdan bosh tortdi  

AQShning taniqli kompaniyalari top-menejyerlari yaqin kunlarda Saudiya Arabistonida o‘tadigan iqtisodiy forumda ishtirok etishdan bosh tortishdi. Ushbu boykot saudiyalik jurnalist Jamol Xoshxojiyning yo‘qolishi bilan bog‘lanmoqda.     

“Cho‘ldagi Davos” degan norasmiy nomga ega bo‘lgan Future Investment Initiative anjumani 23-25 oktabrda Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon patronaji ostida o‘tadi.

Anjumanga borishdan bosh tortgan AQSh vakillari orasida JP Morgan Chase investitsiya banki rahbari Jyeymi Daymon, Ford Motor Company boshqaruv raisi Bill Ford, BlackRock bosh direktori Larri Fink, Blackstone Group bosh direktori Stiven Shvartsman hamda Google’ning sobiq menejyeri Kay-Fu Li bor.

Shuningdek, AQShning CNN, CNBC, Huffington Post, Los Angeles Times, Bloomberg va Financial Times nashrlari forumning media-homiylari bo‘lishdan bosh tortgan.

Mavzuga oid
Top