21:25 / 16.10.2018
13687

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi byudjyet mablag‘larini o‘g‘irlashda gumon qilinmoqda  

Foto: KUN.UZ

Qozog‘istonning korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi tomonidan Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi yirik miqdorda byudjyet mablag‘larini o‘g‘irlagani aniqlandi. 

Bu haqda Ostonadagi matbuot anjumanda Qozog‘istonning davlat xizmati masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rasmiy vakili Janna Bastarova ma'lum qilgan, deb xabar berdi "Kazinform" axborot agentligi. 

“Qozog‘istonning korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi tomonidan Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi yirik miqdorda byudjyet mablag‘larini o‘g‘irlagani aniqlandi. U mas'uliyatli davlat lavozimini egallagan holda Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi ma'muriy binosi qurilishi bo‘yicha bajarilgan ishlar haqidagi soxta dalolatnomani imzolagan. Uning noqonuniy harakatlaridan ko‘rilgan zarar 140 mln tengedan (378,2 ming dollar) oshib ketgan”, deb ma'lum qilgan Bastarova.

Top