11:40 / 16.10.2018
16510

Mashhur rejissyor O‘zbekistonda. U “Jaloliddin Manguberdi” seriali bo‘yicha hamkorlik qilishi mumkin

2016 yilning 15 oktabr kuni “Tekden film” va “Bo‘zdag‘ film” Boshqaruv kengashi raisi, turk rejissyori Mehmet Bo‘zdag‘ bilan “Jaloliddin Manguberdi” serialini suratga olish masalalariga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Xalqaro press-klubning matbuot anjumani tashkil etildi.

Mehmet Bo‘zdag‘
Foto: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Ayni kunlarda alohida qiziqish va e'tiroflarga sabab bo‘layotgan “Ertug‘rul” seriali rejissyori Mehmet Bo‘zdag‘, “Simit Sarayi” brendi sohibi, yirik tadbirkor-investor Xoluq O‘qutur, Restoranlar sohasida tadbirkor, investor Umar Sayfi Aktulun, Strategik tafakkur Instituti Vasiylik Kengashi a'zosi, “Dirilish-Ertug‘rul” serialining ilmiy maslahatchisi Sinan Tovuqchilardan iborat delegatsiyaning tashrif buyurishidan asosiy maqsad, “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy serialini tasvirga olish ishlarida hamkorlik borasida muzokara olib borishdir.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
Foto: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Matbuot anjumanida, shuningdek, Madaniyat vaziri, professor Baxtiyor Sayfullayev, “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov, Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov va boshqalar ishtirok etdi. Tadbirda ishtirok etgan OAV vakillarining savollariga javob qaytarildi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Ma'lumot o‘rnida: Mehmet Bo‘zdag‘ 1983 yilning 1 kuni Turkiyaning Qayseri viloyatida dunyoga kelgan. Sakarya universitetining tarix fakultetini, magistrlik darajasini sotsiologiya yo‘nalishi bo‘yicha mana shu universitetda tamomlagan. 2009 yilda “Miray Film” nomli kinomotografiyada “Qadrdon shaharlar” va “So‘nggi tush” nomli filmlarda ssenaristlik ishlarini boshladi. So‘nggi paytlarda eng mashhur serial “Ertug‘rul”ning ham rejissyori hamda ssenariy muallifidir.

Top