15:48 / 17.10.2018
23966

Andijonda 5 yoshli farzandining umriga zomin bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

2018 yil 16 oktabr kuni Andijon viloyatining Izboskan tumanida yashovchi uy bekasi Sh.V. uyida 5 yoshli o‘g‘li Z.K.ni tarbiyalash maqsadida uning tanasini turli joylariga yog‘och bo‘lagi bilan urib, jarohat yetkazgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada Z.K. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan. Sh.V. qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top