8624.51 USD +40.01

9676.7 EUR +2.83

136.92 RUB +0.58

10780.6 GBP -12.65

14:02 / 17.10.2018 7672

Keniyaning eng mitti va mashhur bog‘laridan biriga sayohat

Keniyadagi milliy bog‘lar bilan kishida hayrat uyg‘otish mushkul. Bu yerda ularning soni 20 tadan ortiq va yana shuncha qo‘riqxonalar ham bor. Biroq boshqalari orasida ajralib turadigan bitta bog‘ bor. Bu “Jahannam eshiklari” milliy bog‘i bo‘lib, uning hududida Afrika manzaralari va mahalliy xalqlar maskanlaridan tashqari dunyodagi yirik va Afrikadagi ilk geotermal stansiya joylashgan.

Foto: TravelAsk

“Jahannam eshiklari” milliy bog‘iga 1984 yilda Rift-Valli provinsiyasidagi bor-yo‘g‘i 68 kv. km maydonda asos solingan. Bog‘ Keniyaning poytaxti Nayrobidan chiqish yo‘lida joylashgan. Qizil rangli qoyalardagi tor yo‘lak va ko‘plab qaynar buloqlar sabab ana shunday qo‘rqinchli nomga ega bo‘lgan. Poytaxtga yaqinligi sabab sayyohlar orasida mashhurlikka erishgan.

Foto: TravelAsk
Foto: TravelAsk

Afrika faunasiga xos bo‘lgan hayvonlardan “Jahannam eshiklari”da quyidagi tuyoqlilarni uchratish mumkin: zebra, kanna ohusi, Afrika buqasi va Tomson g‘izoli. Savannaning sher, leopard va gepard kabi odatiy yirtqichlari u yerda ko‘p emas. Shuning uchun bog‘da nafaqat mashinada, balki velosiped va hatto piyoda harakatlanish mumkin.

Foto: TravelAsk
Foto: TravelAsk

Bog‘ hududida masai qabilasining madaniy markazi joylashgan. U sayyohlar orasida juda mashhur. Bu yerda Afrika xalqining madaniyati va turmush tarzi bilan tanishish, suvenirlar xarid qilish va esdalik uchun suratga tushish mumkin.

Foto: TravelAsk
Foto: TravelAsk

Qiziq, hududda milliy bog‘ paydo bo‘lguniga qadar bu yerda Olkariya IV geotermal elektrostansiyasi mavjud bo‘lgan. Yer osti issiqligidan foydalanadigan stansiyani 1981 yilda ochishdi. U 140 MVt quvvat bilan ishlaydigan bu kabi stansiyalar orasida dunyodagi eng yiriklaridan biri sanaladi.

Top