21:03 / 17.10.2018
9591

Matyoqub Matchonov “O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi”ga rais etib saylandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 iyuldagi PQ-3880 sonli “Milliy kinoindustiriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, “O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi” nodavlat notijorat tashkilot sifatida qayta tashkil etildi. Joriy yilning 16 oktabr kuni “Alisher Navoiy” nomidagi kinosaroyning katta zalida Uyushmaning ilk konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Konferentsiyada milliy kinematografiyaning jonkuyar, fidoyi insonlari jamlanishdi. Ularning orasida O‘zbekiston xalq artistlari, Respublika san'at arboblari, xizmat ko‘rsatgan artist va madaniyat xodimlari singari davlat mukofotlari sohibi bo‘lmish yoshi ulug‘ san'atkorlar va yoshlar birgalikdagi olib boriladigan faoliyat to‘g‘risida suhbatlashishdi. Konferentsiya kun tartibidagi masalalar ochiq oydin, shaffof ko‘rinishda olib borildi. Uyushmaning boshqaruv, nazorat organlarini yopiq ovoz berish shaklida saylab olindi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli aktyor Matyoqub Matchonov bir ovozdan Uyushma raisligiga saylandi.

Uyushmaning faol a'zolari, kinoijodkorlari so‘z olib prezident Shavkat Mirziyoyevning milliy kino san'atiga qaratayotgan e'tibori uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirib o‘tishdi. Konferentsiyada Uyushmaning kelgusidagi bajariladigan maqsadli rejalari belgilab olindi.

Top