16:44 / 17.10.2018
6591

Pompeo jurnalist Qoshiqchining yo‘qolishi munosabati bilan Anqaraga uchib keldi

Foto: REUTERS / Leah Millis

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining yo‘qolib qolishi masalasini muhokama qilish maqsadida Anqaraga tashrif buyurdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Pompeo mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, shuningdek, Turkiya tashqi siyosat idorasi rahbari Mavlud Chavusho‘g‘li bilan uchrashadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Qoshiqchining qotillari Saudiya valiahd shahzodasi bilan aloqador ekani haqida xabar bergandi.

The New York Times ma'lumotlariga ko‘ra, muxolif jurnalisti Jamol Qoshiqchini o‘ldirganlikda gumon qilinayotganlar Saudiya Arabistoni valiahdi shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan aloqalarga ega.

Mavzu
Jamol Qoshiqchining o‘limi
The Washington Post nashri uchun ishlaydigan jurnalist Jamol Qoshiqchi 2 oktabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligi binosiga kirib ketgach, izsiz yo‘qoldi
Barchasi
Top