22:00 / 17.10.2018
10412

«Real» Benzema o‘rniga boshqa hujumchini olmoqchi

«Real» rahbariyati hujumchi Karim Benzemaning o‘yinidan mamnun emas. 

Football Espana xabariga ko‘ra, Madrid klubi fransiyalik futbolchi bilan xayrlashib, uning o‘rniga «Manchester Yunayted» hujumchisi Romelu Lukakuni xarid qilish haqida o‘ylamoqda.

Benzema yozda Xitoy klublaridan bir qancha foydali takliflarni olgan edi. Biroq, Yevropani tark etishni istamadi.

Joriy mavsumda Lukaku «Manchester Yunayted» tarkibida 11ta o‘yin o‘tkazib, 4ta gol urgan.

Top