10:51 / 17.10.2018
20915

Tramp Putin bilan suhbatning ba'zi tafsilotlarini oshkor qildi

Foto: Sergey Guneyev / RIA Novosti

AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuvda unga Amerika saylovlariga aralashishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida aytgan. Bu haqda Oq uy rahbari Fox Business’ga bergan intervyusida xabar berdi.

«Men shunday dedim: «Bundan keyin hech qanday aralashuv bo‘lmasin», - deya aytib o‘tdi Tramp. Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin bunga javoban Moskva saylovlarga ta'sir o‘tkazishga urinmaganligini bildirgan.

Shuningdek, AQSh rahbarining taxminiga ko‘ra, Putin AQSh prezidenti sifatida Xillari Klintonni ko‘rishni istagan.

Donald Tramp va Vladimir Putinning birinchi to‘liq formatdagi uchrashuvi 16 iyul kuni Xelsinkidagi prezidentlik saroyida bo‘lib o‘tdi. U taxminan to‘rt soat davom etdi. Tomonlar muzokaralardan mamnun bo‘lganliklarini ma'lum qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Putinga nisbatan qattiq munosabati haqida ma'lum qilgandi.

Top