17:34 / 17.10.2018
18869

UFC rahbari Nurmagomedov faoliyatini yakunlashi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi

Foto: Getty Images/Josh Hedges/Zuffa LLC

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) prezidenti Dana Uayt aralash yakkakurashlar (MMA) bo‘yicha jangchi Habib Nurmagomedov faoliyatini yakunlashi mumkin ekani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

Tashkilot rahbari Nurmagomedov amerikalik Toni Fergyuson bilan jangdan so‘ng sportni tark etish niyatida ekanini rad etmoqda.

«Bu gap - bema'nilik. 1-raqamli bema'nilik», - deya ma'lum qildi Uayt instagramda.

Dog‘istonlik jangchi Fergyusan bilan oktagonda avvalroq uchrashishi kerak emas, ammo ularning jangi to‘rt marta keyinga qoldirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makgregor Nurmagomedovga 15 mln dollarlik taklif bilan chiqqani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top