8395.15 USD -6.38

9510.03 EUR -113.08

127.67 RUB -0.68

10869.2 GBP -122.52

20:06 / 17.10.2018 6249

O‘zbekiston va Rossiya Xavfsizlik kengashlari rahbarlari Markaziy Osiyodagi vaziyatni muhokama qilishdi  

Foto: scrf.gov.ru

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov va uning rossiyalik hamkasbi Nikolay Patrushev O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining keng doiradagi, birinchi navbatda, xavfsizlik sohasidagi masalalarini muhokama qilishdi. Bu haqda Rossiya xavfsizlik kengashi matbuot xizmati ma'lum qildi.

“Harbiy va harbiy-texnik hamkorlik sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning joriy holati va istiqbollari, migratsiya sohasidagi muammolarni hal qilish yo‘llari, axborot infratuzilmasi xavfsizligini ta'minlash va kompyuter bilan bog‘liq hodisalarga javob berish masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, Markaziy Osiyodagi vaziyat bo‘yicha fikrlar almashilgan”, deb aytilgan xabarda.

Bundan tashqari, Maxmudov va Patrushev 17 oktabrda o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi xavfsizlik bo‘yicha maslahatlashuvlarga yakun yasashgan. 

Top