8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

18:04 / 18.10.2018 7755

Xayriya: Ikki buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekayotgan Muxlisaga donor bor, mablag‘ yo‘q

Xayr-saxovat. Albatta, bandasiga yaxshilik qilish turli xil ko‘rinishda, turlicha usulda bo‘ladi. Axir birodaringga jilmayib qarash, uning haqiga duoda bo‘lish ham yaxshilikdir. Endi imkoniyati borlar qo‘lidan kelgunicha, moddiy yordam berishsa, nur ustiga nur. Xullas, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish insoniylikning eng oliy fazilatidir. Kun.uz tahririyati ham shu ma'noda og‘ir dardga chalingan vatandoshlarimizga yordam berish uchun yurtdoshlarimiz boshini qovushtirish yo‘lida imkon qadar harakat qilib kelmoqda. 

Shunday oilalardan biri, ikki buyrak yetishmovchiligi tufayli buyrak ko‘chirib o‘tkazishni intizorlik bilan kutayotgan, biroq moddiy imkoni yo‘qligi bois, tahririyatga murojaat qilishga majbur bo‘lgan qamashilik Rustambek oilasidir. 

Facebook orqali ko‘rish

YouTube orqali ko‘rish

Qashqadaryoning Qamashi tumani Qiziltepa qishlog‘ida 1995 yilda dunyoga kelgan Muxlisaning ikkinchi homiladorligi chog‘ida ikki buyragi ishlamay qolgan. Qamashining Pasttol qishlog‘ida yashab, ustachilik bilan shug‘ullanib, kun kechirib keladigan Rustambek shu yilning mart oyidan beri turmush o‘rtog‘i, bir qizining onasini olib bormagan shifoxonasi qolmadi. 

“Buyrakni almashtirmasa bo‘lmas ekan. Buning uchun Chilonzordagi Ko‘krak jarrohligi klinikasida ma'lum qilishlaricha, menga 50-60 mln so‘m pul kerak bo‘lar ekan. Oddiy ustachilik bilan shug‘ullanishim tufayli bunday katta miqdordagi pulni topa olmayman. Shuning uchun imkoni bor hamyurtlarimdan yordam berishlarini so‘rab, sizlarga murojaat qildim”, - deydi Rustambek biz bilan suhbatda. 

Uning aytishicha, Muxlisaning onasi, to‘g‘ri kelsa akasi yoki turmush o‘rtog‘i sifatida o‘zi ham buyragini berishga tayyor. Bugungi kunda Muxlisa haftasiga 2 marta gemodializ muolajasidan o‘tib, buning uchun har safar 150 ming so‘m atrofida mablag‘ sarflamoqda. 

Aziz va ixlosli, saxovatsevar vatandoshlar! Yana bir hamyurtimiz, kimningdir qizi, opasi yoki singlisi, yana bir insonning suyukli rafiqasi umid bilan siz-u bizdan ko‘mak kutmoqda. Uning sog‘ayib, darddan forig‘ bo‘lishida barchamiz imkon darajasida hissa qo‘shishimiz, bu bilan oxiratga ham zaxira qilishimiz, bir oilaning shodu-xurramligiga sherik bo‘lishimiz ham mumkin. Shu boisdan ham, keling, azizlar, Muxlisaga yordam beraylik! 

Muxlisa Rahmatova  +998 94 293 22 45

PAYME, CLICK Agrobank ATB

Bank kartochka raqami: 8600 0424 2510 5516 (Xudaynazarova Jarkin, buvisi)

MFO: 00160

INN: 200680344

Naqd pul topshirganda: 23116000700000160001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 23118000300000160500

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000100000160001

Tolib Rahmatov tayyorladi

Teglar

Top