15:47 / 18.10.2018
6046

Kokorin va Mamayev ozod qilinishi mumkin

«Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamayev sud tomonidan qo‘llangan ehtiyot chorasini o‘zgartirishni istayaptilar.

«Ular uy qamog‘iga o‘tkazish haqida iltimosnoma kiritishdi va bunday qaror qabul qilinishi mumkin», – dedi Moskva shahrining inson huquqlari bo‘yicha mutasaddisi Tatyana Potyayeva.

Eslatib o‘tamiz, 8 oktabr kuni aka-uka Kokorinlar va Mamayev Moskvadagi qahvaxonalardan birida Minpromtorg mulozimi Denis Pak va NAMI tashkiloti rahbari Sergey Gaysinni do‘pposlashgan edi. Bu mojarodan biroz oldin esa «Perviy kanal» boshlovchisi Olga Ushakovaning haydovchisiga hujum qilishgan. Jabrlanganlar turli tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Bu ish yuzasidan Moskva politsiyasi 213-modda (Bezorilik) bo‘yicha jinoyat ishi ochdi va sud ishtirokchilarni 8 dekabrga qadar hibsga oldi. Aybdorlarga 7 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda.

Mavzuga oid
Top