15:15 / 18.10.2018
8921

UYeFA Rossiya klubini yevrokuboklardan chetlatdi

UYeFA Qozonning «Rubin» klubini yevrokubok turnirlaridan chetlatdi, jamoa keyingi mavsumda ushbu tashkilot homiyligida o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok eta olmaydi. Bu haqda UYeFA rasmiy saytida ma'lumot berilgan.

Bu qaror UYeFAning klublarni moliyaviy nazorat qilish arbitraj palatasi tomonidan qabul qilingan. Bu qaror ustidan Lozannadagi Sport arbitraj sudiga (CAS) apellyatsiya berish mumkin.

2014 yilda qozonliklar klubi UYeFA tomonidan moliyaviy fair play qoidalari buzilgani uchun 6 million yevro miqdorida jarimaga tortilgandi. 

«Rubin» oxirgi marta 2015-16 yilgi mavsumda xalqaro maydonda o‘yinlarda ishtirok etgan, o‘shanda jamoa Yevropa Ligasi guruh bosqichidan o‘ta olmagandi.

O‘tgan mavsumni «Rubin» Rossiya chempionatining 9-o‘rnida yakunladi. Joriy mavsumda esa Qurbon Berdiyev jamoasi 10 turdan keyin Rossiya Premer-Ligasi turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. Bu o‘rin esa Yevropa Ligasiga yo‘llanma beruvchi o‘rindir.

Top