10:31 / 19.10.2018
7811

Markaziy bank chakana to‘lov tizimini nomlash bo‘yicha uch variant e'lon qildi

Markaziy bank tomonidan 24 sentabr kuni e'lon qilingan milliy chakana to‘lov tizimining nomini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov natijalari asosida ikkinchi bosqich uchun ro‘yxat (short-list) aniqlandi.

Tanlovning birinchi bosqichida chakana to‘lov tizimi nomini aniqlash yuzasidan 2 439 ta taklif kelib tushdi va tanlov shartlariga ko‘ra quyidagi nomlar eng ommabop deb topildi:

1.  HUMO
2.  ADRAS
3.  ANOR

Ikkinchi bosqichda ovoz berish 2018 yil 22 oktabrgacha davom etadi.

Eng ko‘p ovoz to‘plagan nom yangi milliy chakana to‘lov tizimining brendiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq MB chakana to‘lov tizimi nomini aniqlash uchun tanlov o‘tkazayotgani xabar berilgandi.

Top