21:40 / 20.10.2018
8008

Yamanda 14 mln kishiga ochlikdan o‘lish xavf solmoqda

Foto: Anadolu Agency

Yamanning deyarli 14 mlnlik aholisiga ochlikdan o‘lish xavf solmoqda. Bundan BMT ogohlantirmoqda.

BMTning xabar qilishicha, Yamanning 29 mlnlik aholisidan 22,2 millioni gumanitar yordamga muhtojlik sezmoqda. 

Yamanliklarning ahvoli Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya va husiylar o‘rtasida davom etayotgan qaqshatqich janglar va jiddiy iqtisodiy inqiroz sababli tobora yomonlashmoqda.

Xalqaro hamjamiyat dunyoning eng nochor davlatlaridan biridagi ixtilofni tugatish uchun amaliy choralar ko‘rmayapti, BMT shiori ostidagi muzokaralar boshlanmasdanoq, bekor qilingan. Shu sababli yamanliklar tinchlik o‘rnatilishiga batamom umidni yo‘qotishgan.

BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi vakili Yyens Lerke Yamandagi gumanitar vaziyatdan chuqur xavotir bildirgan. Uning aytishicha, iyulda Yaman valyutasi jiddiy ravishda qadrsizlangan, mamlakatda narx-navo 300 foizga ko‘tarilib ketgan, aholining xaridorlik qobiliyati pasayib ketgan, ishlab chiqarish deyarli to‘xtagan. 

Shu sabab Lerke Yamandagi ixtilof tomonlarini aholiga gumanitar yordam olishga yo‘l berishga chaqirgan. BMTning ta'kidlashicha, 18 mln yamanlik yashash uchun vositalarga ega emas. 3 million yamanlik o‘z uyini tark etgan, mamlakatdagi infratuzilma barbod bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, yamandagi janglar oqibatida 16 minglik tinch aholi halok bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top