12:14 / 20.10.2018
19547

Qoshiqchi ishi. Saudiya Arabistonida 18 kishi qo‘lga olindi

Foto: AFP

Saudiya Arabistoni bosh prokurori Saud al-Muajibning ma'lum qilishicha, saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limi bo‘yicha ish yuzasidan 18 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Al-Muajib so‘zlariga ko‘ra, Qoshiqchining o‘limiga aloqador bo‘lgan barcha kishilar javobgarlikka tortiladi.

«Qo‘lga olinganlar bilan tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Hozirgi paytda 18 kishi ushlangan», - deya aytib o‘tdi al-Muajib.

Uning qo‘shimcha qilishicha, barcha qo‘lga olinganlar Saudiya Arabistoni fuqarolari sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni Qoshiqchi hayotdan ko‘z yumganini tan olgandi.

Mavzu
Jamol Qoshiqchining o‘limi
The Washington Post nashri uchun ishlaydigan jurnalist Jamol Qoshiqchi 2 oktabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligi binosiga kirib ketgach, izsiz yo‘qoldi
Barchasi
Top