23:32 / 20.10.2018
4459

Niderlandiyaning sobiq bosh vaziri hayotdan ko‘z yumdi 

Niderlandiyaning sobiq bosh vaziri Vim Kok 80 yoshida vafot etdi. Kok bosh vazir lavozimini 1994 yildan 2002 yilgacha egallagan. Ma'lum qilinishicha, Kokning o‘limiga yuragidagi muammo sabab bo‘lgan. 

Vim Kok Amsterdamdagi shifoxonalardan birida oilasi qurshovida hayotdan ko‘z yumgan. Kok, shuningdek, 1989 yildan 1994 yilgacha Niderlandiya moliya vaziri lavozimini egallagan. 

Kok bosh vazir bo‘lgan davrda evtanaziya va bir jins vakillarining nikohiga ruxsat  beruvchi qonun loyihalari qabul qilingan. 

Top