22:50 / 22.10.2018
17444

Almazbek Atamboyevning tansoqchilari soni qisqartirilgani ma'lum qilindi 

Qirg‘izistoninng sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga davlat tomonidan ajratilgan tansoqchilar soni qisqartirildi. Buni Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi vakili Kunduz Joldubayeva tasdiqlagan.
     
Joldubayevaning aytishicha, u sobiq prezidentga qonun bo‘yicha davlat hisobidan qancha tansoqchilar ajratilishi zarurligi haqida ma'lum qilolmaydi.

“Avval ular ko‘proq bo‘lgan, bugun esa ularning soni ancha qisqarganini ko‘rdim”, deb aytgan Joldubayeva va bu nima bilan bog‘langanini bilmasligini qo‘shimcha qilgan. 

Ta'kidlanishicha, siyosiy partiya vakillari ham, Atamboyevning o‘zi ham Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga buning izohini so‘rab murojaat qilmoqchi emas.

24.kg nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Atamboyev 6 nafar tansoqchisidan mahrum etilgan.

Xodimlari sobiq prezidentlarning qo‘riqlovini ta'minlovchi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Atamboyev bilan Qirg‘izistonning yana bir sobiq prezidenti Roza Otunbayevada qo‘riqchilar soni bir xilda ekanligini ma'lum qilgan. 

Ta'kidlanishicha, Atamboyevning III Butunjahon ko‘chmanchi o‘yinlari arafasida umumiy asoslarda tansoqchilari soni kamaytirilgan. Ma'lum qilinishicha, tansoqchilar boshqa qisqartirilmagan. Mamlakatning sobiq prezidentlarida bir xil sonda tansoqchilar bor. Biroq sobiq prezidentlar manfaati yo‘lida tansoqchilarning aniq soni oshkor qilinmaydi.  

Mavzuga oid
Top