18:00 / 22.10.2018
6974

Bartomeu Neymarning «Barselona»ga qaytishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi

«Barselona» prezidenti Jozep Mariya Bartomeu «PSJ» hujumchisi Neymarning orqaga qaytishini inkor qildi.

«Neymar? U bizni tark etgan, uni qaytarish bo‘yicha hech qanday rejamiz yo‘q. Agar murabbiylar shtabi talab qilmasa, yanvarda hech kimni olmaymiz», - deb mulozim so‘zlarini keltirmoqda Goal.

Neymar o‘tgan yili yozda «Barselona»ni futbol tarixidagi rekord qiymat - 222 million yevro evaziga tark qilgan edi. Bunda braziliyalik klub rahbariyati bilan ziddiyatga bordi, ammo haligacha sobiq jamoadoshlari bilan yaxshi munosabatda bo‘lib kelmoqda.

Top