16:53 / 22.10.2018
31251

OAV: Jamol Qoshiqchi bo‘g‘ib o‘ldirilgan 

Foto: AP

Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi podshohlikning Istanbuldagi konsulligida «bo‘g‘ib o‘ldirilgan», bu holat u binoni tark etish va yordam so‘rashga uringanidan so‘ng yuz bergan. Bu haqda ABC telekanali nomini oshkor etishdan bosh tortgan saudiyalik amaldorga asosan xabar qildi.

Telekanal Qoshiqchini ushlab turgan shaxslar avvaldan uni o‘ldirishni rejalashtirganmi yoki bu tasodifan yuz berganmi, bunga aniqlik kiritmadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jurnalistning jasadi Istanbuldagi «mahalliy xodim»ga topshirilgan, u uni yo‘q qilishi kerak bo‘lgan. Qoshiqchining jasadi hozir qayerda ekani noma'lumligicha qolmoqda.

Telekanal manbalari so‘zlariga ko‘ra, Qoshiqchining o‘limi tufayli 15 kishi qo‘lga olingan, ular Istanbulga Saudiya Arabistonidan jurnalist bilan konsullikda uchrashish uchun maxsus kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya podshohi Qoshiqchining o‘limiga oid ma'lumotlar ortidan amaldorlarni ishdan haydagandi.

Mavzu
Jamol Qoshiqchining o‘limi
The Washington Post nashri uchun ishlaydigan jurnalist Jamol Qoshiqchi 2 oktabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligi binosiga kirib ketgach, izsiz yo‘qoldi
Barchasi
Top