20:13 / 22.10.2018
8658

Toshkent shahrining 3ta tumanida moliya bo‘limlariga yangi mudirlar tayinlandi

Toshkent shahrining tuman moliya bo‘limlarida bir qator o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.

Hozirgi kunning talabini inobatga olgan holda, tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida yanada takomillashtirish, malakali kadrlarni yangi marralar sari chorlash maqsadida quyidagi tayinlovlar amalga oshirildi.    

Toshkent shahar Olmazor tumani hokimligi Moliya bo‘limiga Olimjon Ahmedovich Xoliqulov mudir etib tayinlangan.

Olimjon Ahmedovich Xoliqulov

Olimjon Xoliqulov 1975 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 1997 yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti, 2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi, moliyachi.

Toshkent shahar Sergeli tumani hokimligi Moliya bo‘limiga Firdovsi Sher-Alixanovich Valixanov mudir etib tayinlandi.

Sher-Alixanovich Valixanov

Valixanov Firdovsi Sher-Alixanovich 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2003 yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi marketing.

Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimligi Moliya bo‘limiga Damir Abdullayevich Rajabov mudir etib tayinlandi.

Damir Abdullayevich Rajabov

Damir Rajabov 1981 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent moliya institutini bakalavr, 2005 yilda esa magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi moliyachi, davlat mablag‘larini boshqarish.

Top