13:12 / 23.10.2018
37612

Transportni boshqarishda telefondan foydalangan haydovchilarga jarima oshirildi

Foto: Flickr

2018 yil 22 oktabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish kiritildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi telegram-kanali.

Unga muvofiq, endilikda transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi (ilgari ikki baravar).

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, eng kam ish haqining to‘rt baravari (ilgari uch baravar) miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oygacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top