8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

14:45 / 24.10.2018 3464

Yevrokengash rahbari Qoshiqchining o‘limi bo‘yicha tafsilotlarni aniqlashga chaqirdi

Foto: Twitter /eucopresident

Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limi bo‘yicha surishtiruv jarayoni yuzasidan izoh berdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa institutlari ro‘y bergan hodisaga aloqador «shubhali xarakterdagi o‘yinlar»da ishtirok etmasligi zarur.

«Qoshiqchining o‘ldirilishi bo‘yicha barcha tafsilotlar aniqlashtirilishi kerak», - deya ma'lum qildi Tusk.

Uning qo‘shimcha qilishicha, shu bilan birga, qotillikning ortida kim turgani unchalik muhim emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq MRB direktori Qoshiqchi ishi bo‘yicha audioyozuvlarni eshitmoqchi ekani xabar qilingandi.

Reuters’ning manbalarga tayangan holda xabar berishicha, AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Jina Xaspel saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bilan bog‘liq ish yuzasidan audioyozuvlarni olishga harakat qilmoqda. 

 

Top