15:47 / 24.10.2018
18223

NATO bosh kotibi: barcha muammo Rossiyaning o‘zini tutishida

Foto: REUTERS

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning ma'lum qilishicha, alyans bo‘yicha barcha ittifoqchilar fikricha, O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha bitim bilan bog‘liq muammo AQSh emas, balki Rossiyaning o‘zini tutishiga aloqadordir. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Ittifoqchilar Amerika Qo‘shma Shtatlari bitimga rioya qilayotgani, muammo esa Rossiyaning o‘zini tutishida ekanini aniq bildirishmoqda», - dedi Stoltenberg.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, NATOdagilar yangi sovuq urush va qurollanish poygasini xohlashmaydi. Bundan tashqari, uning aytishicha, Rossiyada yangi raketa ishlab chiqilayotgani munosabati bilan alyans bo‘yicha ittifoqchilar tashvishda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Stoltenberg NATOning Yevropada yadro qurolini joylashtirish bo‘yicha rejalari haqida gapirgandi.

Mavzuga oid
Top