11:20 / 24.10.2018
12000

«Real» El Klasikodan oldin himoyachisidan ajraldi

«Real» himoyachisi Marselo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan «Viktoriya»ga (2:1) qarshi o‘yinda jarohat oldi.

Braziliyalik o‘yin oxirida maydonni shifokorlar ko‘magida tark etdi. Madridliklar bu paytgacha uchta almashtirishni amalga oshirgani tufayli, 10 futbolchi bo‘lib o‘ynashga majbur bo‘lishdi.

Marseloning jarohati turi va qanchalik jiddiy ekani keyinroq ma'lum bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, yaqin yakshanbada «Real» safarda «Barselona» bilan bellashishi kerak.

Mavzuga oid
Top